Hodisalar

Xitoyda YTHga uchragan oʻzbekistonlik talaba halok boʻldi

CC0 / pixabay. / Mototsiklы yedut po nochnomu gorodu
Mototsiklы yedut po nochnomu gorodu - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning ikki nafar fuqarosi mototsiklda YTHga uchradi. Ulardan biri voqea joyida halok boʻldi.

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Xitoyda Oʻzbekistonning ikki nafar fuqarosi mototsiklda YTHga uchradi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Mamlakatning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotlarga koʻra, 23 iyul kuni Nankin pochta va telekommunikatsiya universiteti (Tszyansu provintsiyasi) talabalari, Oʻzbekiston fuqarolari M.T. va S.SH. uchinchi shaxslarning ishtirokisiz mototsiklda YTHga uchragan.

Arenda velosipedov v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Elchixona Janubiy Koreyada oʻzbekistonlik talabalar qoʻlga olinganini tasdiqladi

Oqibatda M.T. voqea joyida halok boʻlgan, S.SH. esa jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Maʼlum qilinishicha, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va shu kunning oʻzida ular konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish uchun Nankin shahriga joʻnab ketganlar.

Hozirda universitet va Nankin shahri huquqni muhofaza qilish organlari rahbariyati hamda shahar kasalxonasining davolovchi shifokorlari bilan aloqa oʻrnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala