Mirziyoyev oʻtkazgan majlisdan keyin qator rahbarlar ishdan olindi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand va Jomboy tumanlari hokimlari ishdan ketdi

TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Samarqand va Jomboy tumanlari toʻrt sektor rahbarlarini ishdan oldi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" gazetasi.

Xabarda aytilishicha, qator obʼyektlar, yangi loyihalar bilan tanishgan davlat rahbari kunning ikkinchi yarmida Samarqand tumanida viloyat, tuman, shahar sektor rahbarlari, viloyat faollari bilan yigʻilish oʻtkazgan. Mazkur majlis ishtirokchilarining maʼlum qilishicha, Samarqand tumani hokimi Shuhrat Jamolov shuningdek, qolgan uch sektor boshliqlari ishdan olingan.

Shuningdek, majlis yakunlari boʻyicha Jomboy tumani hokimi Umid Nazarov, uch sektor rahbarlari – tuman prokurori, ichki ishlar boʻlimi va soliq inspektsiyasi boshliqlari ham ishdan olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala