Siyosat

Kamilov va Yaponiyaning maxsus vakili boʻlajak oliy darajalardagi uchrashuvlarni muhokama qildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyevning kuzda Yaponiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Yaponiya TIVning Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha Maxsus vakili Hideki Uyamani qabul qildi.

Vid na gorod Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyuradi

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlik deyarli barcha yoʻnalishlarda barqaror va oʻsuvchan ahamiyat kasb etishi hamda oʻzaro hurmat, ishonch va bir-birini qoʻllab-quvvatlash tamoyillariga asoslanishi qayd etildi. Davlatlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan tomonlarning mavqelari mos kelishi va yondashuvlarining oʻxshashligi taʼkidlandi.

Iyul oyining birinchi yarmida Tokio shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Yaponiya va Yaponiya – Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik qoʻmitalarining qoʻshma yigʻilishining, Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasining Yaponiya vazirlik va idoralari, yetakchi ishlab chiqarish va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlarining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.

“Uchrashuvda yilning ikkinchi yarmida boʻladigan oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi boʻyicha fikr almashildi”, - deyiladi TIV xabarida.

Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston va Yaponiya tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 17-raundi oʻtkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Namanganda Yaponiya bilan hamkorlikda qurilayotgan IES bilan tanishdi

Oʻzbekiston TIV oʻrinbosari Dilshod Axatov va Hideki Uyama boshchiligidagi delegatsiyalar ikki tomon kun tartibining keng koʻlamli masalalari yuzasidan fikr almashdi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamda BMT, boshqa global va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini koʻrib chiqdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yaponiya Oʻzbekistonning Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan siyosatini yuqori baholagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0