Hindistonda “suv parisi” ko‘rinishidagi chaqaloq dunyoga keldi – foto

Obuna bo‘lish
Go‘dak dunyoga kelgandan keyin bir soat o‘tgach vafot etgan. Shifokorlar uning jinsini aniqlashga ulgurishmagan.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Hindistonda oyoqlari chatishib ketgan - “suv parisi” ko‘rinishidagi chaqaloq dunyoga keldi.  

The Times of India nashrining yozishicha, Uttar-Pradesh shtatining Lakximpur-Kxeri okrugida istiqomat qiluvchi 22 yoshli ayol sirenomeliya yoki suv parisi sindromi deb ataluvchi xastalikka chalingan chaqaloqni dunyoga keltirgan.

​Go‘dak dunyoga kelgandan keyin bir soat o‘tgach vafot etgan. Shifokorlar uning jinsini aniqlashga ulgurishmagan.

Suv parisi sindromi yuz mingta holatdan bittasida uchraydi va odatda buyrak hamda siydik pufagi to‘g‘ri rivojlanmaganligi tufayli chaqaloqlar odatda bir sutka ichida vafot etadi.

O‘tgan yili ham Hindistonda shunga o‘xshash holat kuzatilgan edi. O‘shanda suv parisi sindromi bilan tug‘ilgan chaqaloq 15 daqiqa yorug‘ dunyo yuzini ko‘rishga musharraf bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0