TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. “Mening fikrim” murojaatlar portalida bozorlarda ichimlik suvi ichishga moʻljallangan bepul maxsus joylarni barpo etish toʻgʻrisida petitsiya joylashtirildi.
Petitsiyada bozorlarda ichimlik suvi ichish uchun bepul maxsus joylarni barpo etishni soʻralgan.
“Bu albatta, xaridorlar va sotuvchilar uchun qulaylik yaratadi. Kimnidir doʻkondan suv sotib olishga puli boʻlmasligi yoki kimgadur qadoqlangan suv yoqmasligi mumkin. Har kim uchun tanlash xuquqini yaratishimiz kerak. Suvsiz hayot yoʻqligini, ayniqsa, yoz mavsumidagi issiq kunlarda koʻproq seziladi. Bunday joylarni suvni isrof qilmaydigan texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish kerak va nazoratini bozor maʼmuriyati amalga oshirishi lozim boʻladi”, - deb yozgan muallif.