TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning farmoyishi asosan Chimkent shahar hokimi Gʻabidulla Abdrahimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Sputnik Qozogʻiston yozishicha, bir necha kun oldin Abdrahimov Londonga amalga oshirgan xizmat safari vaqtida tasvirga olgan videoni tarmoqqa joylashtirgan.
U vatandoshlariga salom aytib, quyidagilarni aytadi: “London – bu dunyo poytaxti, albatta buni isbotlash shart emas. Men baribir koʻproq Qozogʻistonni yaxshi koʻraman. Qozogʻistonda yashash va ishlash kerak, shuningdek, butun dunyo boʻylab sayyohat qilish zarur”.
Hokim Qozogʻiston yoshlariga vatanda samarali ishlash va butun dunyo boʻylab sayyohat qilishni tavsiya qilgan.
Internet foydalanuvchilari esa amaldorni maqtanchoqlikda aybladi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Qozogʻiston prezidenti administratsiyasi rahbari Krimbek Kusherbayevning Abdrahimovning harakatlari yuzasidan fikr bildirdi.
“Bugungi kunda Abdrahimovga bildirilgan siyosiy ishonch tugadi”, - dedi Kusherbayev.