TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon davlat universitetining arxiv mudiri G.M. fuqaro Z.N.dan uning oʻzini hamda tanishlari D.M. va M.YU.larni mazkur universitetning “Tasviriy sanʼat” yoʻnalishi boʻyicha “sirtqi” boʻlimiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga har biri uchun 4.000 AQSH dollari talab qilib, jami 12.000 AQSH dollarini oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan G.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.