TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samolyoti Minsk milliy aeroportida qoʻndi.
Samolyot trapi oldida Shavkat Mirziyoyevni Belarus bosh vaziri Sergey Rumas va Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey kutib oldi.
Ikki davlat prezidentlarining rasmiy muzokaralari Mustaqillik saroyida oʻtkaziladi. Davlat yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qiladi, bunda iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga alohida eʼtibor berilishi kutilmoqda.
Shuningdek, prezidentlar Oʻzbekiston milliy mahsulotlar koʻrgazmasi va yuqori texnologiyalar parkiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Tashrif yakunida Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hujjatlar toʻplami imzolanadi.