Jamiyat

Oʻzbekistonda Qurbon Hayiti bayrami kunlari qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi

© © Sputnik / Stas EtveshPosadka passajirov na skorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale goroda Samarkand
Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Qurbon Hayiti bayrami kunlari Toshkentdan Urganch va Samarqandga qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Qurbon Hayiti bayrami kunlari poytaxtdan Urganch va Samarqandga qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

Skorostnoy poyezd Afrosiyob - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston poyezdlari dunyoning eng tezyurar poyezdlari reytingidan joy oldi

Qurbon hayiti bayrami kunlari koʻproq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish maqsadida Toshkent-Urganch-Toshkent yoʻnalishida 556/555 sonli qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Toshkent – Urganch yoʻnalishida harkatlanadigan 556 – sonli qoʻshimcha poyezd 9, 11, 13 - avgust kunlari Toshkent janubiy vokzalidan kunduzi soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan 555-sonli qoʻshimcha poyezd 10,12,14 - avgust kunlari Urganch vokzalidan ertalab soat 10:10 da joʻnaydi.

Shuningdek, 09.08.2019 yildan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha 764/763 sonli “AFROSIYOB” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala