Video

Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan oʻyinda maydonga tushishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMatch pamyati futbolnoy komandы "Paxtakor-79" v Tashkente
Match pamyati futbolnoy komandы Paxtakor-79 v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan badiiy dastur va oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari oʻzaro bahs olib borishdi.

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan badiiy dastur va oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari oʻzaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvdan avval 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan koʻz yumgan futbolchilar xotirasiga bagʻishlab badiiy dastur namoyish etildi. Unda jamoa aʼzolarini yodga oladigan chiqishlar va qoʻshiqlar ijro etildi. “Golos.Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi gʻolibasiga Sabina Mustayeva sportchilar xotirasiga bagʻishlab, “Ole-Ole!” qoʻshigʻini ijro etdi. Tanaffus chogʻida “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVeteranы futbolnogo kluba "Paxtakor" vo vremya matcha pamyati v Tashkente
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan oʻyinda maydonga tushishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Veteranы futbolnogo kluba "Paxtakor" vo vremya matcha pamyati v Tashkente

Kirish chiptalari stadion oldida bepul tarqatildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSbornaya SSSR vo vremya matcha pamyati futbolnoy komandы "Paxtakor-79"
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan oʻyinda maydonga tushishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Sbornaya SSSR vo vremya matcha pamyati futbolnoy komandы "Paxtakor-79"

Har ikki jamoa aʼzolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini koʻrsatishga intilishdi. Bellashuv doʻstona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznetsov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFutbolist Mirdjalol Kasыmov vo vremya matcha pamyati "Paxtakor-79"
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan oʻyinda maydonga tushishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Futbolist Mirdjalol Kasыmov vo vremya matcha pamyati "Paxtakor-79"

Hakamlar: B.Haydarov, K.Smirnov, B.Togʻayev, SH.Poʻlatov.

Sputnik Oʻzbekiston tayyorlagan lavhada oʻyinning yorqin lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala