Sport

Qiziq holat: Oʻzbekistonlik kinologlar uchinchi emas, ikkinchi oʻrin bilan taqdirlandi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVoyennoslujaщiy VS Uzbekistana vo vremya sostyazaniya kinologov na konkurse «Vernыy drug» ArMI-2019
Voyennoslujaщiy VS Uzbekistana vo vremya sostyazaniya kinologov na konkurse «Vernыy drug» ArMI-2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq musobaqada oʻzbekistonlik kinologlar 3-oʻrinni qoʻlga kiritgani xabar qilingan edi. Ammo taqdirlash marosimida hakamlar qarorlarini oʻzgartirishdi.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Moskva viloyatining Dmitrov shahrida Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan “Sodiq doʻst” musobaqasi oʻzbekistonlik kinologlar uchinchi emas, ikkinchi oʻrin bilan taqdirlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Avvalroq unda oʻzbekistonlik kinologlar 3-oʻrinni qoʻlga kiritgani xabar qilingan edi.

Voyennoslujaщiy VS RUz vo vremya sostyazaniya kinologov na konkurse Vernыy drug ArMI-2018 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskva viloyatida oʻzbekistonlik harbiy kinologlar uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi

Ammo 11 avgust kuni boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida qiziq bir holat boʻldi. Yaʼni unda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan kinologlar 3-oʻringa emas, shohsupaning 2-oʻriniga munosib koʻrildi.

Gap shundaki, yakunda Oʻzbekiston bilan Belarus jamoalari deyarli teng ball yigʻishgan edi. Shunga koʻra, birinchi oʻrinni Rossiya Federatsiyasi, ikkinchi oʻrinni Belarus va uchinchi oʻrinni Oʻzbekiston jamoasi qoʻlga kiritgani oydinlashdi. Ammo 11 avgustda boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Oʻzbekiston nomidan qatnashgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovning “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord oʻrnatgani hakamlar hayʼatining qarori oʻzgarishiga sabab boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala