Dunyoda

Rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish tartibi soddalashtiriladi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishPasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukrainы
Pasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Zelenskiy rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida qonun loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berdi.

TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Vladimir Zelenskiy rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida qonun loyihasini tayyorlash haqida hukumatga topshiriq berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Zelenskiy Putinga qoʻngʻiroq qildi

Hujjatda siyosiy taʼqibga uchragan shaxslar haqida aytilgan.

Qarorga asosan soddalashtirilgan tartib Ukrainaning mudofaasi va milliy xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlgan fuqarolarga taalluqli boʻladi.  

Eslatib oʻtamiz, 24 aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisi tomonidan Rossiya pasportlarini soddalashtirilgan tartibda olish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Ukraina oʻz hududiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Rossiya fuqarolarining kirishini taʼqiqlab qoʻygan edi. Bunga javoban Rossiya hech qanday cheklov kiritmasligini, aksincha Ukraina fuqarolari uchun Rossiya fuqaroligini olish jarayonini osonlashtirishini eʼlon qilgan edi.

Ayni damda Rossiyada bir milliondan ortiq Ukraina fuqarolari istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati Ukrainaning sharqiy hududlaridan kelgan fuqarolardir.

Ular Rossiya hududida, patent yoki yashashga ruxsatnoma asosida istiqomat qiladi, 77 ming kishi “vaqtincha qochqin” maqomiga ega.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala