TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Almazbek Atambayevni taslim boʻlishga koʻndirgan Qirgʻiziston ichki ishlar vazir oʻrinbosari Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Asanov mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda gumonlanmoqda. U ichki ishlar vazirining talabini bajarmagan va shaxsiy tarkibni boshqaruvsiz qoldirgan.
Harbiy prokuratura tergovni olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Asanov soʻroq qilinmoqda.
Kuni kecha, Kursan Asanov ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Asanov Qirgʻiziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat qilganlikda va ishonchni suiisteʼmol qilganlikda ayblanmoqda.