Shavkat Mirziyoyev yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

 Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;

Ekspert “Smartgov Consulting” - Aziza Umarova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yer mulkini xususiylashtirishga tayyor emas - ekspert

- yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

- xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari;

- rejalashtirish sxemalari bo‘lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;

- tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;

- o‘rmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar);

- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

- erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.

Qonun 2020-yil 1-martdan e’tiboran kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0