Jamiyat

Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Shkolnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning barcha hududlarida tashkil etilgan maktab bozorlari - bu qoʻshimcha savdo rastalarimi yoki arzonroq narxda tovar xarid qilish imkonini beruvchi joy? Bunga aniqlik kiritish uchun Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Toshkentning turli tumanlarida tashkil etilgan maktab bozorlarida boʻldi

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻqish boshlanishiga ikki hafta vaqt qoldi. Tabiiyki, shu kechayu-kunduzda aksariyat ota-onalarni bolani maktabga tayyorlash: oʻquv qurollarini olib berish masalasi oʻylantirmoqda. Ularning aksariyati maqbulroq narxdagi tovarlarni xarid qilish istagida yaqinda ish boshlagan "maktab bozorlari"da boʻlishga ulgurgandir ham.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSavdogarlarning aytishicha, tovarlar narxida oʻtgan yilgiga nisbatan farq unchalik katta emas.
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Savdogarlarning aytishicha, tovarlar narxida oʻtgan yilgiga nisbatan farq unchalik katta emas.

Oʻzbekistonning barcha hududlarida tashkil etilgan maktab bozorlari - bu qoʻshimcha savdo rastalarimi yoki arzonroq narxda tovar xarid qilish imkonini beruvchi joy? Bunga aniqlik kiritish uchun Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Toshkentning turli tumanlarida tashkil etilgan maktab bozorlarida boʻldi.

Bozorda nima gap?

Tumanlar kesimida tashkil etilgan maktab bozorlaridagi narxlarni solishtirishning imkoni yoʻq. Faqat bir narsa quvontiradi, narxlar oʻtgan yildagidan koʻpam farq qilmayapti. Eng arzon ruchka, daftar, qalam va ryukzak haqidagi savollarimdan soʻng, savdogar ayol kichik sirni ochadi: "Farzandingiz uchun jami maktab qurollarini 100 ming soʻmga ham xarid qilishingiz mumkin, gap choʻntak qaysi narxni koʻtarishida!".

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

"Ayrim ota-onalarga arzon tovarlarni taklif etsak, menga sifatlisini bering, deyishadi. Mana, yaqinda bir ota 200 soʻmdan olgan ruchkasini qaytarib olib keldi. "Menga daftarni tirnaydigan emas, yozadigan ruchka bering", deya, oʻrniga ming soʻmlik ruchkadan oldi", - gapida davom etadi suhbatdoshim.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

Maktab bozorlarida, haqiqatda, choʻntak imkoniyatidan kelib chiqib, istalgan narxdagi maktab oʻquv-qurollarini xarid qilish mumkin. Deylik, oddiy ruchkalar 220 soʻmdan tortib 4 ming soʻmgacha, rangli qalamlar 6 ming soʻmdan 30 ming soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda. Ryukzaklar (sumkalar) ham xuddi shunday. Takliflar qirq ming soʻmdan boshlanib 170 ming soʻmgacha boradi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRyukzaklar narxi 40 ming soʻmdan boshlanadi. Soʻnggi modadagisi - ichida mobil telefonni zaryad qilishga moʻljallangan USB-port boʻlgan ryukzaklar - 70 mingdan boshlab sotilmoqda
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Ryukzaklar narxi 40 ming soʻmdan boshlanadi. Soʻnggi modadagisi - ichida mobil telefonni zaryad qilishga moʻljallangan USB-port boʻlgan ryukzaklar - 70 mingdan boshlab sotilmoqda

Umuman, yarmarkalardagi tovarlar xilma-xilligi allaqachon odatiy holga aylangan. Kundaliklarni aytmaysizmi: Oʻzbekiston bayrogʻi aks ettirilgan vatanparvarlik ruhidagisidan tortib, chet el futbol yulduzlari va mashhur multqahramonlar aks etganlarigacha bola xohishiga qarab tanlayverasiz. Istasangiz, xitoy molidan ham arzon mahalliy ishlab-chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan ustiga charm qoplanganini oling, narxlar 3 ming soʻmdan boshlanadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTovarlar narxi turli rastalarda turlicha. Boʻyoqlar 8 ming soʻmdan to 20 ming soʻmgacha sotilmoqda
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Tovarlar narxi turli rastalarda turlicha. Boʻyoqlar 8 ming soʻmdan to 20 ming soʻmgacha sotilmoqda

Daftarlar masalasi yana-da qiziq. Misol uchun, 12 varoqli daftarlar alohida olganingizda 450-500 soʻmdan tushsa, "Ippodrom"dagi maktab bozorida ayrim rastalar jami maktab qurollarni ulardan xarid qilsangiz, daftarlarni sizga 100 soʻmdan yoki umuman bepul berish boʻyicha oʻziga xos aktsiyani yoʻlga qoʻygan. "Maktab bozorigami?", degan savolga "ha", deb qoʻysangiz boʻldi, qoʻlingizdan tortib, rastasi oldida turgan kursiga oʻtirgʻizib, siz bilan qizgʻin savdoni boshlashadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

Bu yerda bir narsaga eʼtibor qaratish kerak, deylik, mabodo narxlarni yaxshi bilmasangiz, narigi rastada 12 ming soʻm turgan hamma maqtayotgan yumshoq rangli qalamlarni "arzon daftarga uchib" 20 ming soʻmga xarid qilib qoʻyish xavfi yoʻq emas.

Qulfli penallar va chapaqaylar uchun ruchkalar

Bu yilgi oʻquv qurollari orasida qanday yangi tovarlar borligiga qiziqaman.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

Menga telefonni quvvatlantirish imkonini beruvchi USB-portli ryukzaklarni, qulflanadigan sumka-penallarni, chapaqaylar uchun maxsus ruchkalarni, kamalak rangli silikon qutiga solingan oʻchirgʻichlarni koʻrsatishdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

"Penalga qulfning nima keragi bor?", - soʻrayman tovarini menga maqtayotgan, taxminimcha hali oʻzi maktab oʻquvchisi boʻlgan yigitchadan.

"Ota-onalar koʻp soʻrayapti. Yaxshi-da, farzandingiz misol uchun, pul solib qoʻyishi mumkin, hech kim teginmaydi. Keyin sumkachaga oʻxshatib alohida oʻzi bilan olib yursa ham boʻladi", - tushuntiradi menga yigitcha oʻzining tovarni taʼriflay olayotganidan hatto biroz gʻururlanib. Ammo plastmassa ilgaklarga osilgan qoʻpol kodli qulf nimagadir menda ishonch uygʻota olmadi. Oʻrniga oddiy va foydalanishga qulay penalni tanlayman. Darvoqe, penallar narxi 8 ming soʻmdan boshlanadi, bolakay maqtagan super-kodli sumka-penal uchun esa 45 ming soʻm sanab berishingizga toʻgʻri keladi.

Uyum-uyum koʻylak-shimlar

Maktab oʻquvchisini arzon narxda kiyintirmoqchi boʻlganlar, albatta Ippodrom bozorini maʼqul koʻrishadi. Bugun bu yerda 6-11-sinf oʻquvchi qizlari uchun kofta-yubkalar 250 ming soʻmgacha, oʻgʻil bolalar uchun maktab formalari ham taxminan shu narxda sotilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun qora va tim koʻk rangdagi shimlar - 60 ming soʻm, oq koʻylaklar - yengi kaltasi - 30 ming soʻm, yengi uzuni 50 ming soʻm turibdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

Bolalar uchun tayyor maktab formalari narxi 250 ming soʻmni, kostyum-shimlar narxi 180-350 ming soʻmni tashkil etmoqda. Poyabzallar - 90 ming soʻmdan boshlanadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShkolnaya yarmarka v Tashkente
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qoʻllanma - Sputnik Oʻzbekiston
Shkolnaya yarmarka v Tashkente

Farzandini maktabga tayyorlayotgan ota-onalarga beradigan birgina maslahatim, maktab bozorlariga borganingizda, avval aylanib, narxlar va tovarlar assortimenti bilan obdon tanishib chiqing, tanlang va shundan soʻng xarid qiling. Taklif etilayotgan "bepul" daftarlar sirini esa sizga yuqorida ochiqladik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala