Dunyoda

Rossiyada samolyot favqulodda qoʻndi: 233 kishining hayoti saqlab qolindi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Mediabankka oʻtishSamolet aviakompanii "Uralskiye avialinii"
Samolet aviakompanii Uralskiye avialinii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyada “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining “Jukovskiy – Simferopol” yoʻnalishi boʻyicha parvozga koʻtarilgan samolyoti dvigatellariga qushlar tushgani tufayli favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi.

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Rossiyada “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining “Jukovskiy – Simferopol” yoʻnalishi boʻyicha parvozga koʻtarilgan samolyoti dvigatellariga qushlar tushgani tufayli favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, havo kemasi bortida 226 nafar yoʻlovchi va 7 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Moskva viloyati FVV maʼlumotlariga qaraganda, mazkur hodisa oqibatida 10 kishi jabrlangan, ulardan uch nafari bolalar.

“Ural aviakompaniyasi ekipaj aʼzolari oʻzlarining mahorat va matonatlarini namoyon etishdi. Havo kemasi komandiri – yekaterinburglik Damir Yusupov. U va uning jamoasi 233 kishining hayotini saqlab qoldi. Qahramonlar”, - deya yozgan Sverdlov viloyati hokimi Yevgeniy Kuyvashev Instagram sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0