Hodisalar

Toshkentda qoʻlida chaqalogʻi boʻlgan ayol avtobusning oynasini sindirib shikastlandi – video

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qoʻlida chaqalogʻi boʻlgan yoʻlovchi ayol haydovchidan avtobusni belgilanmagan joyda toʻxtatishni talab qilgan. Baland ovoz bilan haydovchiga bosim oʻtkazib, avtobusning eshik oynasini bir necha marta tepib sindirgan. Natijada oʻzi ham oyna siniqlaridan shikastlangan.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Toshkentda qoʻlida chaqalogʻi boʻlgan ayol avtobusning oynasini sindirib shikastlandi.

“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga koʻra, 14 avgust kuni 5-avtobus saroyi tasarrufidagi 99-yoʻnalishda yoʻlovchi ayol belgilanmagan joyda, yaʼni Qoʻyliq bozori yaqinidagi Chirchiq daryosidan oʻtgan koʻprik ustida avtobusni toʻxtatishni talab qilgan. Haydovchi unga bu yerda toʻxtash mumkin emasligi, hayoti uchun xavfliligini har qancha tushuntirmasin u qaysarlik bilan oʻz soʻzida turib olgan.

U qoʻlidagi chaqalogʻi hamda salondagi yoʻlovchilarni bezovta qilarli darajada shovqin-suron koʻtargan va bu ham yetmagandek baland ovoz bilan haydovchiga bosim oʻtkazib, avtobusning eshik oynasini bir necha marta tepib sindirgan. Natijada avtobusga zarar yetkazish bilan birga ayolning oʻzi ham oyna siniqlaridan shikastlangan.

Xabarda yozilishicha, ushbu holatni batafsil oʻrganish hamda chora koʻrish maqsadida tegishli organlarga xabar berilgan.

Yangiliklar lentasi
0