Sport

Gʻazablangan Konor Makgregor keksa kishining yuziga tarsaki tushirdi - video

© AP Photo / John LocherKonor Makgregor
Konor Makgregor - Sputnik Oʻzbekiston
Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Dublindagi mayxonalardan birida keksa yoshdagi mijozlardan birining yuziga tarsaki tushirdi.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor keksa yoshdagi kishining yuziga tarsaki tushirdi.

RT᾽ning yozishicha, hodisa Dublindagi The Marble Arch Pub mayxonasida roʻy bergan. Konor Makgregor mayxonaga kelib, u yerda boʻlgan mijozlarni oʻzining Proper 12 brendli viskisi bilan siylashga qaror qiladi. Mijozlardan biri uning viskisini ichishdan bosh tortganda Makgregor unga tarsaki tushiradi.

Konor Makgregor jinsiy zoʻravonlikda ayblanmoqda

Mayxonada boʻlgan boshqa mijozlar sportchini nariga sudrab olib ketishadi. Jabrlanuvchi Irlandiya politsiyasiga ariza bilan murojaat qilgan.

UFC “qiroli” Konor MakGregor hibsga olindi - video

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala