Jamiyat

IIV bozorda janjal koʻtargan ayollarga nisbatan nega kuch ishlatilganini tushuntirdi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiye militsionerы vozle doma
Uzbekskiye militsionerы vozle doma - Sputnik Oʻzbekiston
Ichki ishlar organlari xodimlari bozor hududida tartibbuzarlik sodir etayotgan fuqarolarga imkon qadar xushmuomalalik bilan murojaat qilishgan

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi "Oqqoʻrgʻon dehqon bozori"da savdo qiluvchi ayollar va ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy bayonot eʼlon qildi.

Zelenыy rыnok v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent viloyatida bozorda savdo qilayotgan ayollar kuch bilan qoʻlga olindi

Maʼlum boʻlishicha, janjal "Oqqoʻrgʻon dehqon bozori" hududida fuqaro Davron Qurbonov tomonidan qurilayotgan ikki qavatli savdo majmuasi tufayli kelib chiqqan. Qurilish ishlari boshlanganida shu yerda poliz ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oʻtirgan E.A., YU.A. va N.B. ismli ayollar devor qurilsa, savdolari yurishmasligini aytib, jamoat tartibini buzishgan. Ular baqir-chaqir qilib, ustalar va bozor rahbarini haqorat qilishgan va qurilayotgan devorni buzib tashlashgan.

Mazkur holat boʻyicha bozor maʼmuriyati tomonidan tuman IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgach, Oqqoʻrgʻon tumani IIB xodimlari va hududiy profilaktika inspektori tartibbuzarlikni bartaraf etish maqsadida, hodisa sodir boʻlgan joyga yetib borishgan. Bozorda savdo qiluvchi yuqorida sanab oʻtilgan ayollar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, qarshilik koʻrsatishgan.

Shundan soʻng, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolar: E.A., YU.A. va N.B.larning tartibbuzarlik sodir etishlarini oldini olish choralari koʻrilgan.

Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xotin-qizlar qoʻmitasi "bozorchi ayollar" surbetligiga chek qoʻyadi

"Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, ichki ishlar organlari xodimlari bozor hududida tartibbuzarlik sodir etayotgan fuqarolarga imkon qadar xushmuomalalik bilan murojaat qilishgan. Ammo, ayollar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmay, jamoat tartibini buzishga qaratilgan oʻz xatti-harakatlarini davom ettirganliklari sababli, ular tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarga chek qoʻyish maqsadida huquqbuzarlarni tuman IIBga olib borish choralari koʻrilgan va surishtiruv ishlari olib borilgan", - deyiladi IIV rasmiy bayonotida.

Ularni maxsus avtomashinaga olib chiqilayotgan holati shu atrofda jarayonni kuzatib turgan fuqarolar tomonidan qoʻl telefoni orqali tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. 

Voqea sodir boʻlgan kuni tuman hokimi va uning oʻrinbosari - xotin-qizlar qoʻmitasi raisi shu yerdagi ayollar bilan suhbatlashgan va ushbu ayollar ayni vaqtda oʻz yumushlari bilan mashgʻul, deyiladi xabarda

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala