Musulmonlar idorasi diniy-maʼrifiy maqola ustidan kulgan kanallarni tark etishga chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa
Odin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa - Sputnik Oʻzbekiston
Maqolada bemaʼni fikrlarni tarqatgan ijtimoiy tarmoqlar nomlari keltirilmadi. Maqsad, ularni ommaga maʼlum qilish orqali keng yoyilishining oldini olishdir, deyiladi rasmiy murojaatda

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlar idorasi shu kunlarda dollar narxi keskin oshgani tufayli ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan vahimaga oʻz munosabatini bildirgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda diniy idora rasmiy saytida eʼlon qilingan maqoladagi fikrlar istehzo aralash qabul qilindi.

Kupyurы amerikanskix dollarov. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda dollar 9 ming soʻmdan oshdi – valyuta kurslari

"... ushbu maqolaga ayrim uquvsiz ijtimoiy tarmoq yurituvchilari masxaraomuz fikrlarni oʻz sahifasida qoldirgan. Alloh taoloning kalomi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soʻzlari keltirilgan maqolani shunday kimsalar "anekdot", deya haqoratlashgacha borib yetgani tashvishlidir. Mana shunday nodonlar fikri mazmuniga yetib bormagan baʼzi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilib-bilmay ularni yoqlab qoʻyishgan. Feysbukda ham, telegramda ham ayrimlar ushbu fikrlarga kulib turgan "smaylik" qoldirgan", - deyiladi idora xabarida.

Musulmondar idorasi bayonotiga koʻra, bunday holat gʻoʻr kimsalarning diniy-maʼrifiy maqola ustidan nodonlarcha kulayotganini koʻrsatgan. "Ular oʻylab koʻrmaydilarmi, shu paytda ularning imon-eʼtiqodlari qay ahvolda ekan? Oyat, hadis, hikmatlarni masxara qilayotganlar oqibati nima boʻlar ekan?!", - deya savol beriladi murojaatda.

Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda dollar kursi nega keskin oshdi? - Markaziy bank bayonoti

Idora matbuot-xizmati xabariga koʻra, baʼzi insonlarning ijtimoiy tarmoqlardagi din borasidagi masxaraomuz fikrlarini qoʻllab-quvvatlash orqali ham gunoh orttirib olayotgani achinarli holat, bilimsizlik, johillikdir.

Idoraga koʻra, har bir internet foydalanuvchisi aytayotgan gapi, qoldirgan izohi va tarqatayotgan axboroti uchun Alloh taolo oldida ham, moʻmin-musulmonlar oldida ham, jamiyat aʼzolari va davlat qonunlari oldida ham masʼul ekanini zinhor unutmasligi zarur.

Maqolada bemaʼni fikrlarni tarqatgan ijtimoiy tarmoqlar nomlari keltirilmadi. Maqsad, ularni ommaga maʼlum qilish orqali keng yoyilishining oldini olishdir. Agar kimda-kim unday sahifa va kanallarni bilsa yoki aʼzo boʻlsa, tark etishlarini tavsiya etamiz, deya daʼvat qilgan Musulmonlar idorasi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala