Jamiyat

Gologramma oldingi oʻng oynaning yuqori burchagiga yopishtirilgan boʻlishi kerak - IIBB

© GUVD TashkentaGUVD pokazalo gologrammы o razreshenii na tonirovku avtomobilya
GUVD pokazalo gologrammы o razreshenii na tonirovku avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Avtomobil oynasini qoraytirishga rusat beruvchi gologrammani yopishtirishni unutmang – IIBB ogohlantiruvi.

TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Oynani qoraytirishga ruxsat oldingizmi? Endi esa gologrammani yopishtirishni unutmang!, - deb haydovchilarni ogohlantirdi Toshkent shahar IIBB.

“Tonirovka” uchun yangi narxlar - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
“Tonirovka” uchun yangi narxlar

Ushbu yilning 5 avgustida avtomobil oynalariga rang berish imkoniyati kengayishi munosabati bilan poytaxt yoʻllarida qoraytirilgan oynalar bilan tobora koʻproq avtomobillar paydo boʻlmoqda, ammo shu bilan birga ularning oldi oynasida maxsus emblemalar  -gologrammalar  yoʻqligi holatlari ham koʻplab uchramoqda.

Ushbu munosabat bilan IIBB haydovchilarni yana bir bor maxsus emblemani (gologramma) haqida ogohlantirdi. Gologramma oldi oynaning yuqori oʻng burchagida yopishtirilgan boʻlishi kerak. Ushbu emblema, ruxsatnoma va qoraytiradigan plyonka bilan birga, xaydovchiga berilishi kerak. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimi uchun oynada emblemaning mavjudligi xaydovchining ruxsati borligini bildiradi, yaʼni tegishli xujjatni tekshirish uchun qoraytirilgan oynali mashinani toʻxtatish holati kamroq boʻladi, va toʻxtatilgan hollarda ham, ruxsatni tekshirish koʻp vaqtni talab qilmaydigan masala boʻlib qoladi, chunki emblema koʻrinib turadi

Shuning uchun, eslatma bilan ruxsat olgan xaydovchilarga murojaat qilamiz: oldi oynada olgan emblemani (gologramma) yopishtirishni unutmang , - deyilgan IIBB xabarida.

Shuningdek, aholining avtoulov oynasini qoraytirish mavzusiga katta qiziqishi tufayli biz xujjat va emblemalarni soxtalashtirish, soxta xujjatlarni va emblemaralni sotishda ishtirok etish yoki ulardan foydalanish holatlari yuzga kelishini tushunamiz.

Eslatib oʻtamiz, har uch holatda ham, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasiga asosan "Hujjatlar, shtamplar, muxrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ulardan foydalanish yoki ularni sotish" uchun javobgarlikka tortish choralari belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala