Hodisalar

Buxoroda Tojikiston fuqarolari mingan mikroavtobus YTHga uchradi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Buxoroda ichida Tojikiston fuqarolari boʻlgan Mercedes Sprinter mikroavtobusi agʻdarilib ketdi, 8 kishi jarohatlandi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Buxoroda Tojikiston fuqarolarini olib ketayotgan mikroavtobus YTHga uchradi deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

“2019 yilning 19 avgust kuni soat 15:37larda Buxoro viloyatining Jondor tumani choʻl massivi hududidan oʻtuvchi “Gʻuzor-Nukus” A-380 yoʻlining 368-kilometrida, Tojikiston fuqarosi 1979 yilda tugʻilgan Baxromiddin Xotamov boshqaruvida boʻlgan “Mersedes-Spirinter” rusumli mikroavtobusning orqa oʻng tomon gʻildiragi yorilib ketib, yoʻl chetiga chiqib ketib agʻdarilgan”, - deyilgan xabarda.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida 3 nafar Tojikiston fuqarolari kasalxonaga yotqizilgan va  yana 5 nafar yoʻlovchilarga hamda haydovchiga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Qolgan 8 nafar yoʻlovchilar esa hech qanday jarohat olmaganlar.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0