Iqtisod

Mirziyoyev Moʻynoq aholisi daromadlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident Moʻynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Moʻynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Samarkandskuyu oblast posetil fermerskoye xozyaystvo Pure milk Oqdaryo v Akdarinskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev uni har kuni qaysi savol qiynashini maʼlum qildi

2019-2022 yillarga moʻljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan. 

Davlat rahbari hududda chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari, aholi daromadlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Eslatib oʻtamiz,avvalroq  Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketgani xabar qilingan edi. Safari davomida prezident Moʻynoq, Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechiradi.

Yangiliklar lentasi
0