TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. “Katta yettilik - “G7” sammitiga AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp kiygan koʻylagi internetda qizgʻin muhokama qilinmoqda, deb xabar qildi Daily Express.
Frantsiyaga AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi tashrif buyurganda aeroportda tasvirga olingan suratlar tarmoqda paydo boʻldi.

Suratlarda samolyot trapidan Melaniya pushti gullar bilan bezatilgan yorqin sariq libosda tushayotgani koʻrish mumkin.
Internet foydalanuvchilari AQSH birinchi xonimi Calvin Klein brendi libosida boʻlganligini aniqlashdi. AQSH prezidenti rafiqasining libosi haqida obunachilar turli izohlar yozishdi.
“Sariq nimchalar namoyishlari munosabati bilan Melaniya sariq libosni kiydi”, - deb yozgan foydalanuvchi.
Baʼzilar esa Melaniya libosidagi gullarni qonli dogʻlarga oʻxshatdi: “Makronga uning shavqatsizligini eslatganiz uchun, rahmat”, - deb yozilgan.