Dunyoda

Melaniya Trampning sariq rangdagi koʻylagi qizgʻin muhokama qilinmoqda

© REUTERS / Regis Duvignau Prezident SSHA Donald Tramp i pervaya ledi Melaniya pribыvayut v Biarrits na sammit G7 vo Frantsii
Prezident SSHA Donald Tramp i pervaya ledi Melaniya pribыvayut v Biarrits na sammit G7 vo Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Frantsiyaga kelgan vaqtda AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi aeroportda tasvirga olingan suratlar tarmoqda paydo boʻldi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik.  “Katta yettilik - “G7” sammitiga AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp kiygan koʻylagi internetda qizgʻin muhokama qilinmoqda, deb xabar qildi Daily Express.

Frantsiyaga AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi tashrif buyurganda aeroportda tasvirga olingan suratlar tarmoqda paydo boʻldi.

© REUTERS / Regis DuvignauMelaniya Tramp pribыvayet v Biarrits vmeste s prezidentom SSHA Donaldom Trampom
Melaniya Trampning sariq rangdagi koʻylagi qizgʻin muhokama qilinmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Melaniya Tramp pribыvayet v Biarrits vmeste s prezidentom SSHA Donaldom Trampom

Suratlarda samolyot trapidan Melaniya pushti gullar bilan bezatilgan yorqin sariq libosda tushayotgani koʻrish mumkin.

Internet foydalanuvchilari AQSH birinchi xonimi Calvin Klein brendi libosida boʻlganligini aniqlashdi. AQSH prezidenti rafiqasining libosi haqida obunachilar turli izohlar yozishdi.

“Sariq nimchalar namoyishlari munosabati bilan Melaniya sariq libosni kiydi”, - deb yozgan foydalanuvchi.  

Baʼzilar esa Melaniya libosidagi gullarni qonli dogʻlarga oʻxshatdi: “Makronga uning shavqatsizligini eslatganiz uchun, rahmat”, - deb yozilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader