TOShKENT, 29 avg – Sputnik. The Tower MMG kompaniyasi Riviera savdo markazi obyektida qurilish ishlarini to‘xtatdi.
Bu haqda kompaniya Facebook’dagi sahifasida xabar joylashtiridi.
“The Tower MMG rahbariyati Riviera SKM qurilish obyektida halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning oilalariga hamdardlik bildiradi.
The Tower MMG jarohat olganlarning va vafot etganlarning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatadi va to‘liq yordam beradi.
Qurilayotgan Riviera savdo markazi obyektida metallokonstruktsiyaning qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi jarohatlangan.
Obyektdagi qurilish ishlari hamma tafsilotlarni aniqlash va bo‘lib o‘tgan hodisaning aniq sabablarini topishga qadar to‘xtatib qo‘yildi. Voqea joyida ekspert guruhi ishlamoqda. Rasmiy xulosa sahifamizda e’lon qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Riviera savdo majmuasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.