TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH rahbari Donald Trampga Rossiyadan gipertovushli qurolini sotib olishni taklif qilganini maʼlum qildi. Bu haqda
Uning soʻzlariga koʻra, Osaka shahrida Tramp bilan boʻlgan uchrashuv chogʻida shunday taklif bilan chiqqan. Oʻshanda Amerika vakillari dunyodagi hech bir mamlakat Rossiya kabi gipertovushli qurolga ega emasligini aytishgan.
Bunga javoban esa Rossiya rahbari Trampga Rossiyadan gipertovushli qurolni sotib olish taklif qilgan, deya yozadi RIA Novosti.
“Men Donaldga (Tramp – tahr.) dedim: senga sotamiz, istaysanmi? Shunday qilib biryoʻla hammasini tenglashtiramiz. Ular tez orada oʻzlari ishlab chiqarishlarini aytishdi. Balki, tez orada ishlab chiqarishadi”, - dedi Putin Sharqiy iqtisodiy forum sessiyasida.
Rossiya eng yangi "Kinjal" gipertovushli raketani sinovdan oʻtkazdi - video
Eslatib oʻtaimz, beshinchi Sharqiy iqtisodiy forum Vladivostokda 4-6 sentyabr kunlari boʻlib oʻtmoqda.