Jamiyat

Toshkentda yangi "Navroʻz bogʻi" ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"
V Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park Navruz - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda Oʻzbekiston hududlarining etnik xilma-xilligini aks ettirgan yangi bogʻ ochildi.

Toshkentda barcha viloyatlarning oʻziga xos xususiyatlarini aks etgan Navroʻz bogʻi ochildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"
Toshkentda yangi Navroʻz bogʻi ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"

Yangi bogʻ Anhor-Lokomotiv bogʻi yonida joylashgan boʻlib, 2,5 gektar maydonni egallagan. 

Boqqa ikki olam – koinot va yerning bir-biriga bogʻliqligini ifodalovchi ramziy shakldagi darvozadan kiriladi. Toʻgʻrida favvorali Navroʻz amfiteatri joylashgan. Yon tomonda hayot davomiyligi timsoli – diametri 72 metrli charxpalak qurilgan. Anhor kanali ustidan oʻtuvchi 88 metrli koʻprik dam oluvchilarga oʻziga xos sayr qilish imkoniyatini ulashadi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"
Toshkentda yangi Navroʻz bogʻi ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"

Bogʻ ichida joylashgan etnografik shaharchada Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan koʻchalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning oʻziga xos anʼanalari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan.  Paxsa devorlari, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida qadimiy mahallalar qayta tiklangan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"
Toshkentda yangi Navroʻz bogʻi ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"

Eslatib oʻtamiz,  Navroʻz bogʻi, Oʻzbekiston prezidenti tomonidan 2017 yilning 7 avgustida imzolangan qaroriga asosan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan qurilgan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"
Toshkentda yangi Navroʻz bogʻi ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park "Navruz"
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala