Jamiyat

Oʻzbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv boʻyicha yangi tartiblar joriy etildi

© IA "Jaxon"Voyennoslujaщiye armii Uzbekistana
Voyennoslujaщiye armii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Endilikda muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida oʻn ikki oy qilib belgilandi.

TOSHKENT, 5 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv boʻyicha yangi tartiblar joriy etildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunda koʻzda tutilgan.

Voyennoslujaщiye poluchili lgotnыe kreditы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv vaqti oʻzgarishi kutilmoqda

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida oʻn ikki oy qilib belgilandi (hozirga qadar oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimidagi xizmatchilar uchun - oʻn ikki oy (oliy maʼlumotli shaxslar uchun - toʻqqiz oy); chaqiruv boʻyicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan ofitserlar uchun - toʻqqiz oy).

Harbiy xizmatga chaqiruv bahor oylariga koʻchirilishi mumkin

Shuningdek, endilikda fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular umumtaʼlim maktabidagi yoki oʻrta-maxsus taʼlim muassasasidagi oxirgi oʻqish yilining aprel - may oylarida amalga oshiriladi (hozirga qadar ular oʻn olti yoshga toʻlgan yili aprel - iyun oylarida amalga oshirilib kelgan).

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0