Jamiyat

Prezident maktabiga eng koʻp Sergeli maktablari oʻquvchilari kirgan - vazir

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident maktabiga eng koʻp oʻquvchilari qabul qilingan maktablar roʻyxatida 3-ta Sergeli maktabi yetakchilik qilmoqda. Taʼlim vaziri ushbu maktab direktori va oʻqituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Halq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov xabar qilishiga koʻra, Prezident maktablariga qabul qilingan eng koʻp oʻquvchilar – Sergeli tumanidagi maktablarda oʻqigan.

“Toshkent shahridagi Prezident maktabiga eng koʻp oʻquvchisi qabul qilingan maktablarning birinchi 6 tasidan 3 tasi Sergeli tumanidan ekanligi ham ushbu tanlov adolatli oʻtganligini koʻrsatadi.Qolgan maktablardan 3 nafar va undan kam oʻquvchilar qabul qilingan”, - dedi Shermatov.

Shuningdek, vazir Sergeli maktablari rahbariyatiga va oʻqituvchilariga minnatdorchilik bildirgan.

© Sherzod ShermatovPrezident maktabiga kirgan oʻquvchilar
Prezident maktabiga eng koʻp Sergeli maktablari oʻquvchilari kirgan - vazir - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident maktabiga kirgan oʻquvchilar

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini baholash Cambridge Assessment International Education tomonidan oʻtkazigan edi. Ikki bosqichda oʻtgan imtihon jarayonini mustaqil kuzatuvchilar, ota-onalardan vakillar, OAV xodimlari va blogerlar kuzatib borishdi. Natijalar anonim tarzda eʼlon qilindi, nomzodning shaxsiy maʼlumotlari koʻrsatilmadi.

Prezident maktablariga kirish konkurslari juda katta boʻlgan edi. Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 5763 kishi hujjat topshirgan, ulardan 144 nafari oʻquvchi qabul qilingan. Bir oʻringa 40 kishi toʻgʻri kelgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala