Dunyoda

AQSH senatori: Eronning neft obʼyektlarini yoʻq qilmasak, u yomon xulqini toʻgʻirlamaydi

© AP Photo / Vahid Salemi, FileNeftepererabatыvayuщeye predpriyatiye
Neftepererabatыvayuщeye predpriyatiye  - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlovchi zavodlarga dronlar yordamida hujum qilganlikda aybladi va Tehronni javobgarlikka tortishga shuningdek, jahon neft bozori barqarorligi uchun zaxiralarni ajratishga vaʼda berdi

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Amerikalik senator-respublikachi Lindsi Grem Tehron "oʻz fitnalarini davom ettiradigan boʻlsa", AQSH hukumatining Erondagi neft obʼyektlari boʻylab zarba berish imkoniyati haqida muhokama qiladigan vaqti kelgani haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Goryaщiy tanker v Omanskom zalive - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ummon koʻrfazida neft tankerlariga hujum qilindi – ulardan biri choʻkib ketdi

Ilgariroq AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlovchi zavodlarga dronlar yordamida hujum qilganlikda aybladi va Tehronni javobgarlikka tortishga shuningdek, jahon neft bozori barqarorligi uchun zaxiralarni ajratishga vaʼda berdi.

"Tehron oʻz provokatsiyalari va yadroviy boyitish kabi ishlarini davom ettirar ekan, AQSH Erondagi neftni qayta ishlovchi korxonalarga hujumi haqida oʻylab koʻrish vaqti keldi. Real oqibatlar boʻlmasa, misol uchun ularning neftni qayta ishlovchi korxonalariga zarba bermas ekanmiz, Eron oʻz yomon xulqini toʻxtatmaydi. Neftni qayta ishlovchi korxonalarga zarba - ular rejimi uchun qudratli zarba boʻladi", deb yozgan Grem oʻzining Twitterida.

Sal oldin Saudiya Arabistonidagi ikkita neftni qayta ishlovchi zavodlarda shanbaga oʻtar kechasi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan amalga oshirilgan zarba natijasida yongʻinlar kelib chiqqan edi. Yongʻinlar mamlakat sharqidagi Abkayk hududida, Saudi Aramco davlat neft-gaz kompaniyasiga qarashli korxonalarda hamda Ar-Riyod sharqida joylashgan Xurays hududida yuz bergan. Natijada sutkasiga 5,7 million barreli neftning qazib olinish ishlari toʻxtatilgan. Bu esa ushbu mamlakatda ishlab chiqariladigan neft hajmining yarmidan koʻpini tashkil qiladi.

Yaman qoʻzgʻolonchi-xusiylari neftni qayta ishlovchi zavodlarga ularning jangchilari oʻn dona dronlar yordamida hujumni amalga oshirganligi bayonoti bilan chiqish qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala