Peterburgdagi fast-fud restoranida oʻzbekistonlik jasadi topildi

© Sputnik / Kirill KallinikovNoj v ruke mujchinы
Noj v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston
Erkak restoranlar tarmogʻida oshpaz boʻlib ishlagan. Uni podsobkada pichoqlangan holatda restoran direktori aniqlagan

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya shimoliy poytaxtidagi fast-fud kafelarning birida oʻzbekistonlik erkak jasadi topildi, deb xabar qilmoqda KP.

Inostrannыe rabochiye u xostela - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyada iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushi qisqaradi

"Burger King" fast-fud kafelarining birining rahbari ishxonaga kelgach, podsobkaga kira olmagan.

"Ayol restoran oshpazini, 26 yashar oʻzbekistonlikni tomogʻidan pichoqlangan holatda topgan", - deb xabar qilgan nashrga ichki ishlar organlaridagi manba.

Huquqni muhofaza qilish organlari videokuzatuv kamerasi yozuvlarini oʻrganib chiqqach, podsobkaga begona kishi kirishi mumkin emasligini aniqlashgan. Kafeda shuningdek, bosqinchilik yoʻli bilan kirganlik yoki olishuv izlari aniqlanmagan.

Ichki ishlar xodimlari halok boʻlgan oshpaz ishida jinoiy omil boʻlmasligini ham taxmin qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala