Siyosat

Mirziyoyev Rossiyaga qachon tashrif buyurishi maʼlum qilindi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka oʻtishGosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining birinchi oʻrinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil boshida Rossiyaga tashrif buyuradi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

OʻzAning xabar qilishicha,  Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining birinchi oʻrinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat rahbarlarining davlat tashriflari, oliy darajadagi boshqa uchrashuvlar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va toʻlaqonli bajarish boʻyicha amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil boshida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, uchrashuv chogʻida eng muhim sohalar, xususan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha fikr almashildi.

Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasi, shuningdek, uni yanada kengaytirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0