TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Palma yogʻi tarkibidagi glitsidol efirlar – 37 % holatlarda rak kasali kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda, deydi MGU huzuridagi amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari Dmitriy Yedelev, RIA Novosti xabariga asosan.
Oʻsimlik moylariga yuqori temperaturada ishlov berilganda ularning tarkibida glitsidol efir moddalari paydo boʻladi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan palma yogʻlarining 83 % tarkibida glitsidol efirlar borligi YEI hududida cheklangan normadan yuqori miqdorda ekani aniqlangan.
“Umumjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Saraton kasalini oʻrganish instituti oʻtkazgan tadqiqotlarga koʻra, dunyoda saraton kasali har uch holatdan birida – tarkibida glitsidol mavjud boʻlgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish oqibatida kelib chiqar ekan. Agar bir Rossiyada glitsidol miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlardan voz kechsak – saraton kasaliga chalinganlar soni uchdan bir qismga kamayishi mumkin”, - deydi Yedelev.
Mutaxassis fikriga koʻra, glitsidon oshqozon-ichak, jigar, teri, sut bezlari, jinsiy organlar, qalqonsimon bez, boʻyrak va oʻpkada kantsirogen moddalar koʻpayishi va rak kasali kelib chiqishiga olib kelishi mumkin ekan.
Undan tashqari, nogiron bolalar tugʻilishiga ham koʻp hollarda glitsidol sababchi boʻlar ekan.
Ayni damda mutaxassislar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalasini davlat miqyosida tezkorlik bilan hal qilish kerakligini taʼkidlashmoqda. Chunki qonunda qayd etilgan cheklov yoʻqligi tufayli glitsidolni hatto bolalar uchun moʻljallangan mahsulotlarda ham uchratish mumkin.