Yangiyo‘lda mast fuqaro qotillikka qo‘l urdi

© Sputnik / Kirill KallinikovNoj v ruke mujchini
Noj v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zaro janjal vaqtida mast bo‘lgan fuqaro oshxona pichog‘i bilan tanishining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchgan.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Yangiyo‘l tumanida mast fuqaro qotillikka qo‘l urdi.

Cho‘ntakdagi pichoq nimaga kerak?

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 24-sentabr kuni soat 01:00 Yangiyo‘l tumani, “Gulbog‘” mahallasida  fuqaro Sh.Yu. va R.U. o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Janjal vaqtida mast bo‘lgan Sh.Yu.  oshxona pichog‘i bilan R.U. ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Sh.Yu.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0