Bosh prokuratura Mo‘ynoqdagi noqonuniy jayron ovi qancha zarar yetkazganini ochiqladi

© Sputnik / V. Noskov / Mediabankka o‘tishOxotnichye dvustvolnoe rujye s vertikalno sparennimi stvolami MS-6
Oxotnichye dvustvolnoe rujye s vertikalno sparennimi stvolami MS-6 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayronlarni TOZ-63 va IJ-18 rusumli ov miltig‘i yordamida otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olingan edi. Hozirda JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 13 dona jayronlarni otib o‘ldirilishi hayvonot dunyosiga 145 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Djeyran - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayron otib o‘ldirildi – foto

Aniqlik kiritilishicha, Mo‘ynoq tumani “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini hududida Taxtako‘pir tumanida yashovchi 5 nafar fuqarolar ushbu hayvonlarni otib o‘ldirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan JKning 202-moddasi 3-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayron otib o‘ldirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0