Jamiyat

Mirziyoyev YEOIIga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi - Matviyenko

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishZasedaniye Soveta Federatsii RF
Zasedaniye Soveta Federatsii RF - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisining soʻzlariga koʻra, hozir Oʻzbekiston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini ishlab chiqmoqda.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.

Aktsiya Bessmertnыy polk v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Matviyenko: Gʻalabaning 75 yilligini nishonlash boʻyicha Senat hamraislariga topshiriqlar berildi

RIA Novosti xabar qilishicha, bu haqda Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston prezidenti qaror qabul qildi va hozir Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasi ishlab chiqilmoqda”, - deb taʼkidladi Matviyenko.

Matviyenko Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlishi kechiktirmasdan amalga oshirilishiga umid bildirdi. Rossiya yevroosiyo oilasi doirasida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan mamnun boʻladi.

“Agar bu amalga oshsa, shubhasiz, bu juda ulkan ish boʻladi, chunki u xalqaro amaliyotga mos keladi va globallashuv jarayonlarini hisobga oladi”, - deb qoʻshimcha qildi Rossiya Federatsiya kengashi raisi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Yevroosiyo ittifoqiga qoʻshilgandan soʻng, Rossiya ushbu mamlakat bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlarga ega boʻlishini va "davlatlararo munosabatlarda mavjud boʻlgan maʼlum toʻsiqlar" olib tashlanishi taʼkidlab oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala