Jamiyat

Turizm mavsumida “Registon” majmuasi yarim tungacha ishlaydi

© Flickr / StefanSamarkand, ploщad Registan
Samarkand, ploщad Registan - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Salon avtobusa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand shahrida ham yoʻlkira narxi oshdi

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan hududlardan tashqari Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun “E-IJRO AUKSOIN”da elektron onlayn-auktsion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi. 

Shuningdek, shaharning “Universitet hiyoboni”, I. Karimov, A. Navoiy va Pushkin koʻchalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda 2019-2021 yillarda turizm infratuzilmasi tashkil etiladi.

Qarorga koʻra:

- “Bogʻi baland” va “Bogʻi Shamol” bogʻlari joylashgan joyni aniqlash orqali qayta tashkil etiladi va tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi;

- “Sheroz qalʼa” , “Dobussiya”, Revdat shaharchasi – Kofir qalʼa, Afrosiyob shaharchasidagi arxeologik yodgorliklar YUNESKO bilan kelishgan holda restavratsiya qilinadi;

- arxeologik yodgorliklar hududida “ochiq osmon ostidagi” muzeylar tashkil qilinadi va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimi joriy etiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, turizm mavsumi davomida (mart-noyabr)  “Registon” kompleksi har kuni soat 7:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala