Jamiyat

Yangi avtomobil uchun toʻlovning yangicha tartibi

© Sputnik / Igor RussakAvtomobili Chevrolet na avtostoyanke
Avtomobili Chevrolet na avtostoyanke - Sputnik Oʻzbekiston
Shartnoma asosida 2019 yil 1 oktyabriga qadar yoki undan keyingi muddatda xarid qilingan avtomobillar uchun Respublika yoʻl fondiga toʻlov avtomobil narxiga kiritiladi va transport vositasining bevosita ishlab chiqaruvchisi tomonidan toʻlanadi.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. UzAutoMotors matbuot xizmati xabariga koʻra, 1 oktyabrdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlashning yangi tartibi kuchga kiradi, unga koʻra yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi.

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq isteʼmolchilar uchun mahalliy ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

Yangi tartibga koʻra:

- 2019 yilning 1 oktyabrigacha tuzilgan yangi transport vositalarini oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomalari boʻyicha xarid qilingan yangi transport vositalari uchun toʻlov tartibi avvalgidek saqlanib qoladi – yigʻim YXXBB organlarida amalga oshiriladi.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
UzAuto Motors: Yoʻl jamgʻaramasi uchun olinadigan yigʻim ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻlanadi

- 2019 yilning 1 oktyabridan eʼtiboran tuzilgan shartnomalar boʻyicha xarid qilingan avtomobillar uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga amalga oshiriladigan toʻlov avtomobil narxiga qoʻshiladi va toʻgʻridan-toʻgʻri mahalliy transport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi.

Toʻlovning yangi tartibi faqat yangi mahalliy transport vositalariga («UzAuto Motors» AJ, «SamAvto» QK MCHJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» QK MCHJ, «UzAuto Trailer» MCHJ) taaluqliligi, xabarda alohida qayd etiladi.

Ikkilamchi bozorda sotib olingan va import bilan olib kirilgan transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlovni toʻlash tartibi oʻzgarmadi.

Yangi kiritilgan tartib xaridorlarga vaqtlarini tejashga koʻrmaklashadi va shu bilan, avtomobil uchun toʻlanadigan umumiy pul miqdori mijozga uning qoʻshimcha harajat qilishiga sababchi boʻlmaydi. Xaridor avtomobil narxini yagona toʻlov asosida kiritib, Respublika yoʻl fondiga majburiy toʻlovni ham avtomobilni sotib olayotgan joyida amalga oshirganlardan boʻlib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala