Dunyoda

Moskva goʻzali qirol sovgʻa qilgan nikoh uzugini sotdi

© Instgram / rihanapetraBыvshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina
Bыvshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva goʻzali Malayziya sobiq qiroli sovgʻa qilgan nikoh uzugini sotdi. Zargarlik buyumning boshlangʻich narxi 16 million rubldan oshgan.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. “Miss Moskva – 2015” goʻzallik tanlovi gʻolibi Oksana Voyevodina Daily Mail nashriga Malayziya sobiq qiroli Muxammad V sovgʻa qilgan nikoh uzugini sotib boraganini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Svadebnыy naryad - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eronda 11 yoshli qizchani turmushga berishdi: shov-shuvli nikoh nima bilan tugadi

Voyevodinaning soʻzlariga koʻra, Shvetsiya klinikasi tibbiyot toʻlovlari uchun uzukni sotishga majbur boʻldi. Model homiladorlikni saqlab qolish maqsadida u yerda davolangan.

“Men narxini ayta olmayman, ammo boshlangʻich narxdan uch baravar kam”, - deydi Voyevodina.

Taʼkidlanishicha, zargarlik buyumning boshlangʻich narxi 16 million rubldan oshgan.

Avvalroq, Voyevodina homiladorlikning toʻrtinchi oyida uning nikohi buzilgan. U bu haqda internetdan bilib olgani va shaxsan u bilan hech kim bogʻlanmaganligini aytadi.

Voyevodina hech qanday rasmiy hujjat olmaganini taʼkidlaydi.  

“Miss-Moskva” goʻzallik tanlov gʻolibi va sobiq qirol 2018 yil noyabr oyida turmush qurishgan. Ikki oydan soʻng  Muhammad V taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati hukmdori maqomini saqlab qoldi. 21 may kuni oilada oʻgʻil farzand dunyoga keldi. Uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala