Dunyoda

Germaniyaning Halle shahrida nomaʼlum shaxslar odamlarga qarata oʻt ochdi

© AFP 2022 / RONNY HARTMANNPolitsiya Germanii. Arxivnoye foto.
Politsiya Germanii. Arxivnoye foto.  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Germaniyaning Halle shahrida nomaʼlum shaxslar odamlarga qarata oʻt ochishi oqibatida kamida ikki kishi halok boʻldi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Germaniyaning Halle shahrida nomaʼlum shaxslar odamlarga qarata oʻt ochdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Mahalliy politsiya xabariga koʻra, hujum oqibatida kamida ikki kishi halok boʻlgan.

Hujum qilgan shaxslar ikki kishi boʻlganligi aytilmoqda.

Bild nashri maʼlumotlariga qaraganda, otishma yahudiylar ibodatxonasi yonida sodir boʻlgan. Shuningdek, yahudiylar qabristoniga granata otilgan.

​Mamlakat politsiyasi aholini koʻchaga chiqmaslikka chaqirmoqda. Jinoyatchilar avtomobilda voqea joyidan gʻoyib boʻlishgan.

Yangiliklar lentasi
0