Jamiyat

Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qiluvchi inspektsiyasiga qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSchetchik vodы
Schetchik vodы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davsuvinspektsiya boshqaruv xodimlariga qoʻshimcha 79 ta shtat birligi ajratib, ularning cheklangan soni 152 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Kran v vannoy komnate, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Issiq suv, “yopiq tizim” va tejamkorlik – Mirziyoyev aniq topshiriqlar berdi

Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasi va uning hududiy inspektsiyalariga (Davsuvinspektsiya) quyidagi qoʻshimcha vazifa va funktsiyalar yuklatish nazarda tutilgan:

- ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obʼyektlarni, shu jumladan yer osti suv quduqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish obʼyektlarda loyiha-smeta hujjatlarni tahlil qilish, qurilish-rekonstruktsiya ishlarida nazorat oʻrnatish;

- oʻtkazilgan texnologik auditda aniqlangan egasiz va muhofazasiz inshootlardan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek sifatsiz ichimlik suv ishlab chiqarishni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

- suv taʼminoti korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan texnologik yoʻqotilgan ichimlik suvning meʼyorlarini kelishish va yoʻqotilgan ichimlik suv haqidagi hisoblarni asosliligini tahlil qilish;

- suv taʼminoti korxonalari ichimlik suv sifatini tahlil qilish uchun oladigan naʼmuna nuqtalarni kelishish hamda ularni laboratoriya tahlilidan oʻtkazilishida nazorat oʻrnatish;

- yuridik shaxslar tomonidan ichimlik suvning belgilangan limitidan ortiqcha suv olgan isteʼmolchilarga jarima sanktsiyalarni qoʻllash;

Vыraщivaniye risa v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda “Aqlli suv” tizimi joriy etiladi

- suv taʼminoti va oqova suv chiqazish xizmatlari uchun tariflarni deklaratsiya qilish boʻyicha barcha hujjatlarni tahlil qilish, zaruriy hollarda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va Moliya vazirligiga tariflarga oʻzgartirish kiritish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

- suv taʼminoti hamda kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berishni teng huquqlilik va oshkoralik asosida oʻtkazilishini nazorat qilish.

“2020 yil 1 yanvardan boshlab, Davsuvinspektsiya tomonidan tadbirkorlik subʼyektlarida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarini, tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladi”, - deyilgan hujjatda.

Yuklatilgan qoʻshimcha vazifalardan kelib chiqqan holda Davsuvinspektsiya boshqaruv xodimlariga qoʻshimcha 79 ta shtat birligi ajratib, ularning cheklangan soni 152 nafarga yetkazish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0