Dunyoda

Suriyadagi harbiy amaliyotda bir nafar turk askari halok boʻldi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Suriyaning shimoliy janubida boshlangan “Tinchlik bulogʻi” operatsiyasida bir nafar turk harbiysi halok boʻldi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Suriyaning shimoliy janubida boshlangan “Tinchlik bulogʻi” operatsiyasida bir nafar turk harbiysi halok boʻldi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Turetskiy politseyskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Turkiyaga “kuchli zarba” bilan tahdid qildi

Uning soʻzlariga koʻra, “Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari” bilan toʻqnashuv vaqtida 227 raqiblar yoʻq qilindi.

Chorshanba kuni Turkiya prezidenti Rejeb Tayib Erdoʻgʻon Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi “tinchlik bulogʻi” nomli harbiy amaliyot boshlanishini eʼlon qilgandi.

Turkiya yetakchisi amaliyotning uchta maqsadni aytdi: janubiy chegarani terrorchilardan xalos qilish, Suriya hududiy yaxlitligini himoyalash va suriyalarni oʻz yurtiga qaytishini taʼminlash.

Anqaraning bu qadami ayrim qoʻshni davlatlar, shuningdek Yevropa ittifoqi  eʼtiroziga sabab boʻldi.

Kurdlar bilan hamkorlik qilgan amerikaliklar oʻz qurollarini toʻqnashuv zonasidan olib chiqdilar. Ularning yaqin ittifoqchilari Vashingtonni kelishuvlarni buzishda aybladi.

Yangiliklar lentasi
0