Jamiyat

Ozoda Nursaidovaning litsenziyasi qaytarib berildi  

“Oʻzbekkontsert” bir necha yil oldin litsenziyasidan mahrum qilingan Ozoda Nursaidovaga ijod qilishi uchun yana bir imkon berdi.   

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Oʻzbekkontsert bir necha yil oldin litsenziyasidan mahrum qilingan Ozoda Nursaidovaga yana omma oldida kuylashga ruxsat berdi. Bu haqida muassasa matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Odildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkontserta - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston sanʼatkorlari roʻyxati 70% yangilandi - "Oʻzbekkontsert" rahbari

Kecha “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasida ustoz sanʼatkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, unda xonanda Ozoda Saidzodaning murojaati koʻrib chiqildi. Davra suhbatida Ozoda Saidzodaning  (Nursaidova) oʻzi ham soʻzga chiqib, bundan bir necha yillar oldin bilib-bilmay, asoslanmagan maʼlumotlarga ishonib, hissiyotlarga berilib, jamoatchilik orasida oʻzining nooʻrin fikrlarini ommaviy axborot vositalari orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirib, shuncha vaqt ichida oʻziga toʻgʻri xulosa chiqargani, imkoniyat berilsa, bundan keyingi faoliyatida milliy estradani rivojlantirishga, oʻzining qoʻshiqlari bilan xalqqa xizmat qilishga vaʼda berdi. Soʻng, xonanda prezident va xalqdan uzr soʻrab unga yana bir bor imkoniyat berishlarini iltimos qildi, - deyilgan xabarda.

Davra suhbati yakunida barcha ustoz sanʼatkorlarning fikrlari tinglanganidan soʻng, “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov xonanda Ozoda Saidzoda kechirilgani hamda erkin ijod qilishiga imkoniyat yaratilgani maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 10 oktyabr kuni xonanda Ozoda Saidzoda “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasiga oʻz ijodini keng targʻib qilish va faoliyatini qonuniy tarzda yuritish maqsadida kontsert-tomosha faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya soʻrab murojaat qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala