Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz Musulmonlar idorasi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Upravleniya musulman Kavkaza
Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Upravleniya musulman Kavkaza  - Sputnik Oʻzbekiston
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Oʻzbekistonda islom olamining boy merosini oʻrganish va asrab-avaylash boʻyicha koʻrilayotgan choralarga yuqori baho berdi. 

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Bokuda Kavkaz musulmonlar idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. 

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, taʼlim va yoshlarning maʼnaviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Azerbaydjana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Mirziyoyev bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, oʻz navbatida, Oʻzbekiston prezidentining islom olamining boy merosini oʻrganish va asrab-avaylash boʻyicha tashabbuslari va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi. 

Ollohshukur Poshshozoda ikki mamlakat oʻrtasida va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlash yoʻlida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala