TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda alkogol mahsulotlari 1 noyabrdan yangi narxlarda sotilishi kutilmoqda. Moliya vazirligi qaror loyihasini tayyorladi.
Loyihada yozilishicha, vino eng kam ulgurji-sotish narxi, 1 litr uchun 8,6 ming soʻm, chakana narxi 10,2 ming soʻmni tashkil qiladi.
Aroq va boshqa alkogol mahsulotlar ulgurji-sotish narxi 22,0 ming soʻm, chakana narxi 26,0 ming soʻm tashkil qiladi.
Konyak esa ulgurji-sotish narxi 31,0 ming soʻm, chakana narxi 36,6 ming soʻm tashkil qiladi.
Hujjatda pivo narxlari oʻzgarmasligi belgilangan.