Jamiyat

“Oʻzstandart” bolalar poyabzalidagi kamchiliklarni aniqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDetskaya obuv na vыstavke Kinder Expo
Detskaya obuv na vыstavke Kinder Expo - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzstandart" Oʻzbekistonda sotilayotgan turli mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar va aniqlangan nomuvofiqliklar haqida xabar qildi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Oʻzstandart” davlat agentligi bugungi kunda Oʻzbekiston hududida sotilayotgan oziq-ovqat, kiyim kechak va boshqa mahsulotlarda qanday kamchiliklar aniqlanayotganini xabar qildi.

Molochnыe produktы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzstandart" qator sut va goʻsht mahsulotlarini talabga nomuvofiq deb topdi

Xususan, savdo nuqtalarida sotiladigan mahsulotlarni toʻliq sinovlardan oʻtkazish boʻyicha quyidagilar aniqlangan:

Bolalar oʻyinchoqlari va bolalar poyafzallarida formaldegid miqdori belgilangan normadan 10 barobar yuqoriligi (0,031 mg/m3), shuningdek, poyabzalning egiluvchanlik koʻrsatkichlari ham normalarga nomuvofiqligi hamda ichki qismida sintetik materiallardan foydalanilganligi ham aniqlangan.

Quyultirilgan sutda shakar kristallarining ruxsat etilgan normalari oshib ketgan va yuqumli ichak kasalliklarini keltirib chiqaradigan “ichak tayoqchalari” aniqlangan.

Jami  2019 yilning oʻtgan davri mobaynida import mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayonida jami miqdori 2,9 mlrd. soʻm boʻlgan 14 turdagi mahsulot boʻyicha 20 holatlarda belgilangan meʼyorlarga nomuvofiqligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala