Jamiyat

Rossiyada 2020 yildan boshlab yangi mobil radarlar ishga tushadi

© SpeedCamNovыy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley "Kordon"
Novыy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley Kordon - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada 2020 yilda kiritiladigan yangi radarlar politsiya avtomobiliga oʻrnatilib, harakat vaqtida ham tezlikni oʻlchashi mumkin.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Yangi yildan boshlab Rossiyada mutlaq yangi radarlar ishga tushirilishi mumkin, Autonews xabariga asosan. 

"Yangi "Kordon.Pro-M" nomli radarlar har bir YPX avtomobiliga oʻrnatilishi mumkin. Radar 300 km/soatgacha tezlikni oʻlchash imkoniga ega. Eng asosiysi - radar harakatlanayotgan avtomobildan turib ham oʻz ishini bajarishi mumkin. Xatolik ehtimoli – 1 km/soat.

Ushbu turdagi radarlar katta trassalarda tez harakatlanayotgan avtomobillarni aniqlash imkonini beradi. Ular aholining koʻplab eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan “uch oyoqli” radarlar oʻriga 2020yilning boshidan boshlab qoʻllanilishi mumkin.

© AutonewsMobilnыy radar - Kordon.Pro-M
Rossiyada 2020 yildan boshlab yangi mobil radarlar ishga tushadi - Sputnik Oʻzbekiston
Mobilnыy radar - Kordon.Pro-M

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Rossiya Davlat Dumasi haydovchilar uchun tezlikni oshirish jarimalarini 6 baravar oshirish hamda jarima olinmaydigan 20 km/li tezlik chegarasini 10km ga tushirish haqidagi takliflarini koʻrib chiqqan edi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Rossiyada  haydovchilardan chegaralangan tezlikdan 20 km oshguncha jarima olinmaydi. Masalan, cheklangan tezlik 60 km boʻlsa, haydovchi tezlikni 81 km ga yetkazganidan soʻnggina jarimaga tortiladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala