Hodisalar

Yashirin dollar: Oʻzbekistondan valyuta olib chiqishga uringan shaxslar toʻxtatildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishKupyurы amerikanskix dollarov
Kupyurы amerikanskix dollarov - Sputnik Oʻzbekiston
Naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqish holatlari yuasian surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkent viloyati boshqarmasi chegara bojxona postlari orqali naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqish bir nechta holatlari aniqlandi. 

Obezyana-kaputsin smotrit iz kletki v politseyskom uchastke posle togo, kak yeye izvlekli iz ulichnogo kioska  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistondan noyob maymun bolasini olib chiqishga uringan shaxslar qoʻlga olindi

Jumladan, “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro SH.I. bojxonachilar eʼtiborini tortdi va u xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Natijada, fuqaro SH.I. egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda 19700 dollarni Oʻzbekistondan yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinishi oʻz vaqtida aniqlandi.

Yana bir holatda “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qoʻshni davlatga oʻtish maqsadida ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro T.B. xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, uning egnidagi kiyimlari orasiga yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda malum qilinmagan 7 200 dollar naqd xorijiy valyutalari yashirilganligi aniqlandi.

Shuningdek, “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga yoʻl olgan fuqaro M.SH. xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Tekshiruv jarayonida ushbu shaxs yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatmasdan, 3550 dollar naqd xorijiy valyutalarini yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinishi fosh qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala