Yerga kilometr kattalikdagi asteroid yaqinlashmoqda

NASA maʼlumotiga koʻra, obʼyekt 25 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan 20.21da Yerga juda yaqin masofaga keladi

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Kattaligi 400 metrdan 1 kilometrgacha boʻlgan Asteroid 162082 (1998 HL1) 25 oktyabr kuni Yerga yaqinlashadi. Bu haqda yer oldi obʼyektlarini tadqiq qilish markazi - NASA xabar bermoqda.

Planeta Mars - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH nima uchun Oy va Marsga yetib bormayapti – NASA rahbarining javobi

NASA maʼlumotiga koʻra, obʼyekt 25 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan 20.21da Yerga juda yaqin masofaga keladi.

Asteroid Yer sayyorasiga tahdid solmaydi. U sayyoradan Oygacha boʻlgan 16ta masofaga teng yaqinlikda oʻtadi. 

Asteroid "Apollonlar" guruhiga mansub. U 1998 yilning 18 aprelida kashf qilingan. Bu guruhda jami 5 mingdan ortiq asteroidlar maʼlum.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala